5 Sentyabr 2021 1678

“Chegarachilar” polo boʻyicha “Mustaqillik kubogi”ni qoʻlga kiritdi

Toshkentda Qorabayir zotli otlarning birinchi milliy festivali va polo boʻyicha “Mustaqillik kubogi” boʻlib oʻtdi. 3 kun davom etgan musobaqada yurtimizning eng sara 10 jamoasi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Bugun boʻlib oʻtgan hal qiluvchi bosqichda uchinchi oʻrin uchun “Nest One Qorabayir Milliy brendi” va Milliy Gvardiya jamoalari kuch sinashgan boʻlsa, bosh sovrin uchun “Chegarachilar” “Temir yoʻllari” jamoasi bilan raqobatlashishdi.

Uchinchi oʻrin uchun kechgan kurashda “Nest One Qorabayir Milliy brendi” 6:2 hisobida ustun kelib, raqibini katta farq bilan magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Final esa oʻz nomiga yarasha oʻta murosasiz va keskin kurashlarga boy kechdi. Yakunda 1 ta toʻp farqi bilan ustun kelgan “Chegarachilar” 5:4 hisobida ustun kelib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida soʻz olgan mutasaddilar barchani Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan muborakbod etib, polo sportining yurtimizda yanada rivojlanayotganini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Shuningdek, bu kabi turnirlarni muntazam oʻtkazib, uni anʼanaga kiritish rejasi haqida toʻxtalishdi.

Text to speech