5 Sentyabr 2021 1576

MDH oʻyinlarida yana 5 ta medal

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida I MDH oʻyinlari davom etmoqda. Kecha musobaqaning navbatdagi bellashuvlari ortda qoldi.

Ortda qolgan kun dasturida terma jamoamiz yana 5 ta bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga yozib qoʻydi. Ulardan 4 tasi boks sportiga toʻgʻri kelsa, yana bir medal erkin kurashchimiz hisobiga yozildi. Medallar oʻynalgan ikkinchi kunda sovrindor boʻlgan sportchilarimiz:

Boks:
-60 kg: Umidillo Rasulov
-66 kg: Jafarbek Shaxbazov
-52 kg: Uzukjamol Yunusova
-54 kg: Guldana Tileubergenova

Erkin kurash:
-125 kg: Namoz Abdurashidov

Shu tariqa, mazkur musobaqada delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 ta kumush va 8 ta bronzani tashkil etmoqda.

Text to speech