4 Sentyabr 2021 1587

Yosh beshkurashchilarimiz Misrga uchib ketishdi

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati va undan oldin tashkil etiladigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Misrga yoʻl oldi.

13-19-sentyabr kunlari Misrning Aleksandriya shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha 17-19 yoshli sportchilar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Ahamiyatlisi, unda ilk bor mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

V.M.Chudnovskiy qoʻl ostidagi jamoamiz dunyo birinchiligi boshlangunga qadar oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻladi. Taʼkidlash joiz, mazkur musobaqa jamoamiz uchun oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.

Text to speech