4 Sentyabr 2021 1869

Guljanoy Naimova finalda!

Para-taekvondochimiz Guljanoy Naimova (+58 kg) Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Hozirgina yakunlangan jangda hamyurtimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Britaniyalik Emi Trusdeylga qarshi bahs olib borgan sportchimiz oʻzining tajribasi bilan yaqqol ajralib turdi va yirik hisobda bahs taqdirini oʻz foydasiga hal qildi. Endi hamyurtimiz finalda Ukraina va Braziliya vakilalari oʻrtasidagi bahs gʻolibi bilan Paralimpiada chempionligini hal qiladi. Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadigan boʻlajak jangda Naimovaga omad tilaymiz!

Text to speech