Guljanoy Naimova yarim finalda, Ibragimov sakkizinchi boʻldi
Para-taekvondo boʻyicha ayollar oʻrtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova chorak final jangini yakunladi.
Ushbu bosqichda sportchimizga yaponiyalik para-taekvondochi Shoko Ota raqiblik qildi. Hamyurtimiz mezbon sportchini 37:12 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Guljanoyga final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Emi Trusdeyl raqiblik qiladi. Ushbu jang bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Shuningdek, oʻq otish sportida Server Ibragimov 50 metr masofadan toʻpponchadan otish dasturida final bahsini yakunladi. Afsuski, unda hamyurtimiz kichik omadsizlikka uchrab sakkizinchi pogʻona bilan cheklandi. Eslatib oʻtamiz, Ibragimov bundan avval 10 masofada kechgan bahsda 5-pogʻonadan joy olgan edi.