4 Sentyabr 2021 1597

MDH o‘yinlarining ilk kunida 5 ta medal qo‘lga kiritdik

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida I MDH o‘yinlari start oldi. Medallar jamlanmasi o‘ynalgan dastlabki kunda jamoamiz 5 ta medalga sazovor bo‘ldi.

E’tiborlisi, shohsupaga ko‘tarilgan barcha sportchilarimiz yunon-rum kurashi ustalari bo‘ldi. Murodjon Alimjonov (-77 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Abror Otaboyev (-63 kg), Jamol Jumaboyev (-72 kg) va Temurbek Nasimov (-130 kg) bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Qayd etish joiz, bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kecha O‘zbekiston delegatsiyasining yana bir qismi Qozonga yo‘l oldi. Mazkur musobaqada delegatsiyamizga MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov rahbarlik qilmoqda.

Text to speech