4 Sentyabr 2021 1370

Shahnoza Mirzayeva oltinchi boʻlib marraga yetib keldi

Para-kanoe boʻyicha ayollar oʻrtasida KL3 toifasida final dasturi yakunlandi. Unda hamyurtimiz Shahnoza Mirzayeva ishtirok etdi.

Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Mirzayeva 52.398 soniya natija bilan marraga oltinchi boʻlib yetib keldi. Eslatib oʻtamiz, bellashuv 200 metr masofada oʻtkazilgan. Bir necha daqiqadan soʻng shu yoʻnalishda Xaytmurod Sherqoʻziyev ham medallar uchun kurash olib boradi.

Text to speech