4 Sentyabr 2021 1346

Nurxon Qurbonova Paralimpiya oʻyinlarida ikkinchi medalini qoʻlga kiritdi

Para-yengil atletika boʻyicha F54 toifasida ayollar oʻrtasida nayza uloqtirish bahslaridan xushxabar. Unda qatnashgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova kumush medalga sazovor boʻldi.

Sportchimiz mazkur mashqda qayd etgan 18.38 metr natijasi unga kumush medalni taqdim qildi. Eslatib oʻtamiz, ushbu sportchimiz yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor boʻlgan edi.

Bu delegatsiyamizning joriy Paralimpiadadagi beshinchi kumush medali boʻldi. Shuningdek, hisobimizda 7 ta oltin va 6 ta bronza medallari ham mavjud.

Text to speech