4 Sentyabr 2021 1545

Para-kanoechilarimiz finalda

Yakuniga yetib borayotgan Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida para-kanoechilarimiz medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda. Unda ishtirok etayotgan 2 nafar vakilimiz final yoʻllanmasiga ega boʻldi.

200 metr masofaga oʻtkazilayotgan bahslarda dastlab Shahnoza Mirzayeva 51.466 soniya vaqt bilan marraga 5-oʻrinda yetib keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng Hayitmurod Sherqoʻziyev yarim final bahsida 51.450 soniya natija bilan oʻz guruhida ikkinchi boʻlib, medallar uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi. Mirzayeva soat 07:30 da, Sherqoʻziyev esa 07:56 da finalda startga chiqadi.

Text to speech