Bo‘stonliqda veloshosse bo‘yicha mamlakat chempionati start oldi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi. Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga atab o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada 130 nafar sportchi qatnashmoqda.
Bugun chempionatning birinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Reglamentga ko‘ra, unda yakkalik alohida vaqt bo‘yicha professional sportchilar qatori para-sportchilar va faxriylar ham ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov ham ishtirok etib, ishtirokchilarga o‘zining iliq tilaklarini bildirdi. Natijalar quyidagicha:
Para-velosportchilar poygasi (6 km):
1. Azimbek Abdullayev – 9:16
2. Bunyod Xaytmuhammedov– 10:48
3. Jamoliddin Po‘latov– 11:54
Faxriylar (12 km):
1. Ilhom Abdullayev– 18:59
2. Rustam Kubayev– 20:22
3. Oleg Kutin– 20:41
Qizlar (6 km):
1. Asal Rizayeva– 17:06
2. Anna Kuskova– 17:09
3. Margarita Misyurina – 17:40
O‘g‘il bolalar (18 km):
1. Sultanov Samandar – 23:37
2. Zaribov Davlatyor – 24:02
3. Tuychiyev Abdulxamid – 24:14
Ayollar (18 km):
1. Yanina Kuskova – 24:11
2. Anna Kulikova – 26:05
3. Yevgeniya Golotina – 26:54
Erkaklar (32 km):
1. Murodjon Xalmuratov– 39:39
2. Aleksey Fomovskiy– 40:39
3. Begzod Rahimboyev– 41:25