3 Sentyabr 2021 1299

Yorqin Odilov ishtirokini yakunladi

Tokio shahrida oʻtkazilayotgan Paralimpiya oʻyinlarida yana bir vakilimiz oʻz ishtirokini tugatdi. Hozirgina para-yengil atletika boʻyicha F57 toifasidagi bellashuvlar tugadi.

Unda hamyurtimiz Yorqin Odilov ishtirok etdi. Odilov 11.71 metr koʻrsatkich bilan oʻzining shaxsiy koʻrsatkichini yangilashga muvaffaq boʻldi. Biroq bu natija unga sovrinli oʻrinlardan joy olish uchun kamlik qildi. Sportchimiz musobaqani toʻqqizinchi natija bilan tugatdi.

Text to speech