3 Sentyabr 2021 1508

Giyasov va Abdulhabibov kuchli oʻnlikdan joy olishdi

Tokio shahrida davom etayotgan Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimizning ishtiroki davom etadi. Bir necha daqiqa avval para-yengil atletika va para-kanoe bahslarida vakillarimizning chiqishi yakunlandi.

Dastlab KL2 toifasida Azizbek Abdulhabibov final bahsida ishtirok etdi. 200 metr masofaga kechgan poygada vakilimiz sakkizinchi boʻlib marraga yetib keldi.

Para-yengil atletikachilarning T44 toifasida Temurbek Giyasov yurtimiz sharafini himoya qildi. Balandlikka sakrash boʻyicha oʻtgan musobaqada u 1.88 metr natija bilan oltinchi boʻldi.

Text to speech