3 Sentyabr 2021 1749

Azizbek Abdulhabibov finalga yo‘l oldi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining para-kanoe bahslarida KL2 klassida erkaklar o‘rtasida 200 metr masofaga o‘tkazilgan yarim final bahslari yakunlandi.

Quvonarlisi, poygada ishtirok etgan hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov 43.409 soniya vaqt bilan marraga 3-o‘rinda yetib keldi va medallar uchun kurashish imkonini beruvchi “A” finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Azizbek bugun Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da sovrinli o‘rinlar uchun startga chiqadi.

Text to speech