2 Sentyabr 2021 1583

Husniddin Norbekov ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni

Mahoratli para-yengil atletikachimiz Husniddin Norbekov Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.

Norbekov hozirgina yadro uloqtirish dasturida oʻz gʻalabasini tantana qildi. Ushbu mashqda vakilimiz 16:13 metr natija bilan eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 16 (6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) taga yetdi. Keyingi kun dasturlarida ishtirok etadigan hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz!

Text to speech