2 Sentyabr 2021 1431

Ziyodaxon Isaqova bronza medali uchun dayanga chiqdi

Para-taekvondochimiz Ziyodaxon Isaqova Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali uchun bahs olib bordi. Ushbu bosqichda hamyurtimizga Tailand vakili raqiblik qildi.

-49 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Xvansuda Pxuangkitcha bilan murosasiz jang oʻtkazdi. Biroq tajriba bobida ustun boʻlgan tailandlik taekvondochi yakunda gʻalabani oʻz foydasiga hal etdi.

Text to speech