2 Sentyabr 2021 1749

Para-taekvondochimiz Ziyoda Isaqova yarim finalda imkoniyatni boy berdi

Bir necha daqiqa avval para-taekvondo boʻyicha ayollar oʻrtasida -49 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ziyoda Isaqova yarim final jangini oʻtkazdi.

Vakilimizga final ostonasida perulik Leanor Espinoza raqiblik qildi. Afsuski, hamyurtimiz ushbu bahsda 7:17 hisobida magʻlub boʻldi.

Endi Ziyoda Isaqova bronza medali uchun dayanga chiqadi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Text to speech