2 Sentyabr 2021 1341

Para-kanoechilarimiz yarim finalga yoʻl olishdi

Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kun dasturida para-kanoechilarimizning ishtiroki oʻz poyoniga yetdi. Vakillarimizning barchasi yarim finaldan medallar uchun kurashni davom ettiradigan boʻlishdi.

200 metr masofaga oʻtkazilayotgan bellashuvlarda jahon chempioni Shahnoza Mirzayeva saralashda oʻz guruhida uchinchi boʻlib marraga yetib keldi. Shuningdek, Haytmurod Sherqoʻziyev toʻrtinchi oʻrin bilan yarim final bosqichiga oʻtdi. Hamyurtlarimizning yarim finaldagi chiqishi ertaga belgilangan.

Text to speech