Hamyurtimizga medal uchun 1 santimetr kamlik qildi
Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida navbatdagi kun bellashuvlari boshlandi. Bir oz avval para-yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F35 klassida yadro uloqtirish boʻyicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Dilafruzxon Ahmadxonova 8.59 metr natija bilan 4-oʻrinni egalladi. Afsuski, sportchimizga bronza medalini qoʻlga kiritish uchun bor yoʻgʻi 1 sm kamlik qildi. 3-oʻrinni egallagan chexiyalik sportchi Anna Lyuksova 8.60 metr natija koʻrsatdi.
Bugun ishtirokini boshlagan vakillarimiz orasida para-kanoechimiz Azizbek Abdulhabibov yarim finalga yoʻl olgan boʻlsa, para-taekvondochimiz Ziyodaxon Isoqova (-49 kg) ham birinchi davradan muvaffaqiyatli oʻtdi. Afsuski, -61 kg vazndagi Zuhriddin Tohirov ilk bellashuvda imkoniyatni boy berib qoʻydi.