1 Sentyabr 2021 1342

Sabina Suxanova final bosqichiga yo‘l oldi

Tokiodagi Olimpiya stadionida bugungi dasturlar orasida ayollar o‘rtasida T37 klassida 100 metrga yugurish bo‘yicha saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda hamyurtimiz Sabina Suxanova 13.91 soniya vaqt bilan marraga 4-o‘rinda yetib keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Aytish kerakki, Suxanova bugungi saralashda o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Sabina Suxanova ishtirokidagi final bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 06:37 da boshlanadi.

Text to speech