1 Sentyabr 2021 1343

Para-suzuvchilarimiz final bosqichida ishtirok etishdi

Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kun bellashuvlarida suzuvchilarimiz final dasturidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Unda ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi.

100 metrga brass usulida suzish boʻyicha kechgan bahsda dastlab Firdavsbek Musabekov startga chiqdi. Unda hamyurtimiz 1:05.85 daqiqa natija bilan toʻrtinchi boʻlib marraga yetib keldi.

Keyin xuddi shu toifada ayollar oʻrtasida kechgan bahsda Shohsanam Toshpoʻlatova ishtirok etdi. Vakilamiz unda 1:19.99 daqiqa bilan oltinchi boʻlib musobaqani yakunladi.

Text to speech