31 Avgust 2021 1305

Kanoechilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor boʻlishdi

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida baydarka va kanoeda eshkak boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada 6 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qildi. Quvonarlisi, jahon chempionati gʻolib va sovrindorlari, Olimpiada ishtirokchilari orasida kechgan qiziqarli poygalarda sportchilarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻldilar.

Artur Guliyev 650 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marra chizigʻiga birinchi boʻlib yetib keldi. Nilufar Zokirova hamda Elyor Mamadaliyev juftligi esa bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Text to speech