31 Avgust 2021
1771
Server Ibragimov kuchli beshlikda
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kun dasturi vakillarimiz uchun yakunlandi. Bir oz avval merganimiz Server Ibragimov musobaqadagi birinchi ishtirokini tugatdi.
10 metrdan to‘pponchadan otish bo‘yicha kechgan bellashuvda Ibragimov 177.4 ochko bilan beshinchi natijani qayd etdi. Bu mashqda g‘oliblik Paralimpiya rekordini o‘rnatgan xitoylik Chao Yangga nasib etdi.
SH1 toifasi, erkaklar.
To‘pponchadan otish, 10 metr
1. Chao Yang (Xitoy) – 237.9 (PR)
2. Sin Xuan (Xitoy) – 237.5
3. Singxraj (Hindiston) – 216.8 . . .
5. Server Ibragimov (O‘zbekiston) – 177.4
Ibragimov 4-sentyabr kuni shu yo‘nalishda 50 metr masofada kechadigan bahsda ham omadini sinab ko‘radi. Bo‘lajak dasturda unga g‘alaba tilab qolamiz.