Eng yaxshi bokschi, eng yaxshi hakam yoxud Osiyo chempionati benefisimizga aylandi
BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘smirlarimiz ortidan yoshlar jamoamiz ham uni muvaffaqiyatli yakunlay oldi.
U-20 yosh toifasida o‘tgan janglarda terma jamoamiz 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu bilan yigitlarimiz ikkinchi, qizlarimiz esa o‘z toifalarida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsalar, umumiy hisobda jamoamiz musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-71 kg: A’loxon Abdullayev
-92 kg: Nusratbek Toxirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-51 kg: Ahmadjon Qo‘ziboyev
-67 kg: Samandar Solijonov
-86 kg: Diyorbek O‘ralov
Bronza:
-48 kg: Muhammadqodir Mamirjonov.
Qizlarimiz safida esa sovrindorlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Nigina O‘ktamova
-70 kg: Aziza Zokirova
Bronza:
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Ruxshona O‘ktamova
-63 kg: Mohira Ahmedova
-81 kg: Sabohat Husanova
+81 kg: Xadichabonu Ergasheva.
Qayd etish joiz, jahon chempioni Nigina O‘ktamova bu gal ham g‘alaba qozonib, qizlar toifasida musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Taniqli referimiz Aleksandr Hamidov esa erkak hakamlar orasida tengsiz bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval o‘smirlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qit’a chempionati biz uchun ulkan g‘alabalar bilan yakunlandi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 1 sentyabr kuni soat 16:40da yurtimizga qaytib keladi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinishi rejalashtirilmoqda.