31 Avgust 2021 1323

Server Ibragimov Paralimpiya oʻyinlarining ikkinchi medali sari qadam tashladi

Para-atletlarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bugun Server Ibragimov 10 metrga toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha saralash bosqichida ishtirok etdi.

Tajribali sportchimiz 6 ta urinishda jami 574 ochko toʻplagan holda saralashda 4-oʻrinni egalladi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Aytish kerakki, ushbu saralash bosqichida jami 27 ta sportchi ishtirok etdi. Finalga esa ular orasida eng yaxshi natija koʻrsatgan 8 nafar mergan yoʻl oldi.

Eslatib oʻtamiz, Server Ibragimov Rio-2016 Paralimpiadasi sovrindori ham hisoblanadi. Uning ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi. Hamyurtimizga omad tilaymiz.

Text to speech