30 Avgust 2021 1878

Shohsanam Toshpoʻlatovadan uzoq kutilgan medal

Para-suzuvchimiz Shohsanam Toshpoʻlatova Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamizning 15-medaliga mualliflik qildi. Hamyurtimiz 200 metrga masofaga kechgan kompleks suzish dasturida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Toshpoʻlatova oʻta murosasiz kechgan final dasturida marraga uchinchi boʻlib yetib keldi. Vakilamiz masofani 2:27.92 daqiqada suzib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Qayd etish joiz, bu uning uchun Paralimpiya oʻyinlaridagi uchinchi medali boʻldi. Ushbu sportchimiz Rio-2016 Paralimpiadasida 2 ta bronza medaliga ega chiqqan edi.

Taʼkidlash joiz, ushbu hamyurtimiz mazkur Paralimpiya oʻyinlarida bungacha 3 ta yoʻnalish finalida qatnashib, ikki bor 4 va bir bor 5-pogʻonani egallagan edi. Bu natija bilan sportchimiz va uning yaqinlarini, muxlislarimizni tabriklab qolamiz. Shu tariqa mazkur Paralimpiya oʻyinlaridagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.

Text to speech