30 Avgust 2021 1975

Yoshlar Olimpiya o‘yinlariga asos solgan XOQning sobiq prezidenti dunyodan ko‘z yumdi

2001-2013-yillar davomida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini boshqargan taniqli inson Jak Rogge 79 yoshida vafot etdi.

Jak Rogeye 1942-yil Beliyada tug‘ilgan. U 1991-yil XOQ a’zosi, 1998-yil esa xalqaro qo‘mitaning Ijrochi direktori lavozimida ishladi. 2001-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan XOQning 112-Sessiyasida mazkur tashkilot prezidenti etib saylangan edi.

Bu inson faoliyati davomida, ayniqsa, dopingga qarshi kurash va yoshlar sportini qo‘llab-quvvatlashi bilan yodda qoldi. Aynan uning boshqaruv davrida yoshlar Olimpiya o‘yinlariga asos solindi.

XOQning ushbu sobiq rahbari atletlik davri davomida yelkanli sport bilan shug‘ullangan. Faoliyatida 16 bor Belgiya chempioni, jahon chempioni bo‘lib, 3 bor Olimpiya o‘yinlarida (1968, 1972, 1976) ishtirok etgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bunday yo‘qotishdan chuqur qayg‘uda ekanini bildirib, marhumning yaqinlariga va butun dunyo Olimpiya oilasiga hamdardlik yo‘llaydi.

Text to speech