30 Avgust 2021 1780

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida navbatdagi medalimizga Nurxon Qurbonova mualliflik qildi

Para-yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova delegatsiyamizga navbatdagi medalni keltirdi. Sportchimiz yadro uloqtirish bahsida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

F54 toifasida kechgan bahsda Qurbonova 7.77 metr natija qayd etib, shaxsiy ko‘rsatkichini yangiladi. Shu bilan birga ushbu natija unga bronza medalini ham taqdim qildi. Qayd etish joiz, Qurbonova musobaqa davomida yana nayza uloqtirish bo‘yicha ham o‘z omadini sinab ko‘radi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barchani navbatdagi medal bilan muborakbod etadi. Shu tariqa ushbu Paralimpiadadagi medallarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi.

Text to speech