30 Avgust 2021 1345

Shohsanam Toshpo‘latova finalda

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kun dasturida para-suzuvchilarimiz saralash bahslarini o‘tkazishdi. Natijalar yakuniga ko‘ra, Shohsanamxon Toshpo‘latova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz 200 metr masofaga kompleks usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan saralashda uchinchi natija bilan finalga yo‘l oldi. Afsuski, Firdavsbek Musabekov va Nigoraxon Mirzohidovaning natijalari medallar uchun kurashni davom ettirishga yetardi bo‘lmadi.

Ma’lumot uchun, Toshpo‘latovaning final bellashuvi Toshkent vaqti bilan 15:42 da boshlanadi.

Text to speech