30 Avgust 2021 1366

Boburjon Omonov yangi rekord bilan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Yangi haftani xushxabar bilan boshlaymiz! Hozirgina para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Quvonarlisi, unda hamyurtimiz Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Boburjon 14.06 metr natija qayd etdi.

Ta’kidlash kerakki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija bilan dunyo rekordini o‘rnatgan edi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 13 taga yetdi: 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Text to speech