O‘smir bokschilarimiz Osiyo chempionatida birinchi bo‘lishdi
Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.
Bugun, 29 avgust kuni musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasida final bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi janglari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo‘lishdi.
Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliyev
-63 kg: Lazizbek To‘lqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboyev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-81 kg: Sardorbek Tursunov
Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboyev
Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboyev
Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. Yana bitta oltin medalni esa Eron vakili qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati