Eng mahoratli chavandozlarimiz Mustaqilligimizning 30 yilligi sovrini uchun kurashishdi
Toshkent viloyatidagi “Universal Jumping agro” ot sporti klubida konkur bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan taniqli chavandozlar ishtirok etishdi. G‘olib va sovrindorlar homiylarning esdalik sovg‘alari, medal va diplomlari bilan taqdirlanishdi. O‘z yo‘nalishida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan sportchilar bilan tanishing:
A toifasi (bolalar), 105 sm
1. Umar Dadayev (Bukmeker, ot laqabi)
2. Boburjon Valijonov (Kalimera)
3. Angelina Riskibayeva (Lotlo)
B toifasi, “Havaskor va boshlang‘ich otlar” 105 sm:
1. Madina Hidoyatova (Aragon)
2. Temur Azizov (Furina Fan De Fairat Z)
3. Umida Hamrayeva (Artist)
“5-7 yoshli otlar” toifasida g‘olib va sovrindor sportchilar:
1. Begzod Ro‘zimuxamedov (Arnella)
2. Oqil Sobirjonov (As-Sakab)
3. Sergey Antonovich (Skay)
125-130 sm (2 fazali):
1. Abdurahmon Abdullayev (Kamerlan)
2. Mirzoxid Musayev (Abadja Dos Darados)
3. Oqil Sobirjonov (Kechmeker)