29 Avgust 2021 1424

Shirin Sharipov diskvalifikatsiya sabab bronza medali uchun kurashmadi

Para-dzyudo bellashuvlarida +100 kg vazn toifasida bronza medali uchun hamyurtimiz Shirin Sharipov hamda ozarbayjonlik Ilxam Zakiyev o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tishi kerak edi.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, hamyurtimiz bundan oldingi bosqichda raqibiga nisbatan mumkin bo‘lmagan usulni qo‘llagani uchun musobaqa hakamlari tomonidan diskvalifikatsiya qilindi va g‘alaba Ozarbayjon vakiliga berildi.

Text to speech