29 Avgust 2021 1400

Islom Aslanov bu gal toʻrtinchi oʻrinni oldi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamizning medallar shodasini boshlab bergan para-suzuvchimiz Islom Aslanov navbatdagi dasturda final bahsini oʻtkazdi.

Bu gal hamyurtimiz 50 metrga erkin usulda suzish bahsida toʻrtinchi boʻlib marraga yetib keldi. Hamyurtimiz masofani suzib oʻtish uchun 23:85 soniya sarfladi. Bu esa 3-oʻrin egasidan 0.02 soniya pastroq koʻrsatkich boʻldi.

Text to speech