29 Avgust 2021 1644

Sharif Halilov – ikki karra Paralimpiya oʻyinlari sovrindori!

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kun dasturida delegatsiyamiz navbatdagi medaliga sazovor boʻldi. Para-dzyudochimiz Sharif Halilov oʻz nomini sovrindorlar qatoriga yana bir bor yozdirib qoʻydi.

-100 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan kurashda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya oʻyinlarining medaliga sazovor boʻlmoqda. Hamyurtimiz bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor boʻlgan edi.

Shu tariqa, delegatsiyamiz medallari soni 12 taga yetmoqda. Jamoamiz hisobida barcha probadagi medallar 4 tadan boʻlib turibdi.

Text to speech