29 Avgust 2021 1351

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurashadi

Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kun dasturida para-dzyudochilarimiz ham oʻzlarining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirishmoqda. Bir oz avval saralash bahslari yakuniga yetdi.

Kunduzgi dastur yakuniga koʻra, Sharif Halilov (-100 kg) va Shirin Sharipov (+100 kg) final blokida bronza medali uchun kurashadigan boʻldi. Sharif Halilov shohsupaga koʻtarilish uchun Braziliya vakilini magʻlub etishi talab etilsa, Shirin Sharipovga bu bosqichga Ozarbayjon vakili raqiblik qiladi.

-100 kg: Sharif Halilov – Antonio da Silva (Braziliya)
+100 kg: Shirin Sharipov – Ilhom Zakiyev (Ozarbayjon)

Text to speech