29 Avgust 2021 1612

Bronza medalidan 1 santimetr ajratib qoldi

Hozirgina para-yengil atletikaning T12 klassida ayollar oʻrtasida uzunlikka sakrash boʻyicha final bahslari yakunlandi. Unda hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova ham ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahs natijalariga koʻra, hamyurtimiz 5.32 metr natija bilan 4-oʻrinni egalladi. Eʼtiborlisi, unga sovrinli oʻrinni qoʻlga kiritishi uchun bor yoʻgʻi 1 santimetr yetishmadi. Boisi, 3-oʻrinni egallagan jazoirlik Linda Xamri 5.33 metr natija qayd etdi.

Shunday boʻlsa ham, Xolbekova ham yozgi, ham qishki Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan birinchi sportchimiz sifatida tarixda qoladi.

Text to speech