29 Avgust 2021 1555

Islom Aslanov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kun dasturiga start berildi. Bir necha daqiqa avval para-suzuvchilarimiz saralash dasturida ishtirok etishdi.

Unda 4 nafar vakilimiz S13 toifasida 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha final yoʻllanmasi uchun harakat qilishdi. Ulardan joriy Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi Islomjon Aslanov hal qiluvchi bosqichga yoʻl oldi. Afsuski, Muzaffar Tursunxoʻjayev, Nigora Mirzohidova hamda Shohsanamxon Toshpoʻlatova saralashdan oʻta olishmadi.

Shu tariqa Aslanov Toshkent vaqti bilan 14:10 da boshlanadigan final bahsida ishtirok etadi.

Text to speech