28 Avgust 2021 1298

Dovurxon Karomatov Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi

Para-dzyudochimiz Dovurxon Karomatov Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamizning navbatdagi kumush medalini taqdim qildi. Vakilimiz finalda ozarbayjonlik sportchiga qarshi kurashdi.

-81 kg vazn toifasi finalida Huseyn Rahimliga qarshi kurash olib borgan vakilimiz qoʻshimcha vaqtda imkoniyatni boy berib, Paralimpiya oʻyinlarini kumush medal bilan yakunladi.

Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridagi medallari 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzani tashkil etmoqda.

Text to speech