Tokio-2020 Paralimpiadasining navbatdagi chempioni – Feruz Saidov!

Para-dzyudochimiz Feruz Saidov delegatsiyamizning muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Polvonimiz hozirgina yakunlangan bellashuvda oltin medalni qoʻlga kiritdi.

-73 kg vazn toifasida bahs olib borgan vakilimiz finalda qozogʻistonlik Temirjan Dauletni ippon bahosi bilan magʻlub etib, Paralimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi.

Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi oltin medallar 4 taga yetmoqda!

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu