28 Avgust 2021 1367

Parvina Samandarova delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi

Para-dzyudochimiz Parvina Samandarova delegatsiyamizga Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi medalini taqdim qildi. Para-dzyudochimiz final bellashuvlarini boshlab berdi.

-57 kg vazn toifasida kurashgan vakilimiz finalda ozarbayjonlik Sevda Valiyevaga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsda Samandarova vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berib qoʻydi va delegatsiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi.

Shu tariqa Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridagi medallarimiz 3 tadan oltin va kumush, shuningdek, 2 ta bronza medalini tashkil etmoqda.

Text to speech