28 Avgust 2021
1997
Roʻza Qoʻziyeva Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining kumush medaliga sazovor boʻldi
Hozirgina para-pauerlifting boʻyicha ayollar oʻrtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Roʻza Qoʻziyeva ishtirokidagi final bahslari yakunlandi.
Quvonarlisi, Roʻza 130 kg toshni boʻysundirgan holda kumush medalga sazovor boʻldi. Eslatib oʻtamiz, ushbu gʻalabadan soʻng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 7 taga yetdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronzaga yetdi.