28 Avgust 2021
1814
Uch nafar para-dzyudochimiz finalda, biri bronza medali uchun kurashadi
Para-dzyudochilarimiz “Nippon Budakan” arenasida kunning eng yaxshi jamoasi boʻlmoqda. Bugun kurashni boshlagan 4 nafar vakilimizdan 3 tasi finalga yoʻl oldi.
Vakillarimizdan Feruz Saidov (-73 kg), Dovurxon Karamatov (-81 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) yarim final bahsini muvaffaqiyatli oʻtkazishgan boʻlsa, -63 kg vaznda kurashayotgan Nafisa Sheripboyeva bronza medali uchun kurashadigan boʻldi. Kechki dasturda vakillarimizning raqibi quyidagicha:
Final:
-73 kg: Feruz Saidov – Temirjan Daulet (Qozogʻiston)
-81 kg: Dovurxon Karamatov – Huseyn Rahimli (Ozarbayjon)
-57 kg: Parvina Samandarova – Cevda Valiyeva (Ozarbayjon)
Bronza medali uchun:
-63 kg: Nafisa Sheripboyeva – Marta Arsa (Ispaniya)