28 Avgust 2021 1738

Uchinchi oltin muborak! Mohigul Hamdamova yana bir oltin medalni taqdim qildi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridan xushxabar davom etadi. Delegatsiyamizning yana bir oltin medalini para-yengil atletikachimiz Mohigul Hamdamova qoʻlga kiritdi.

F57 toifasida disk uloqtirish bahsida qatnashgan Hamdamova 31.46 metr natija qayd etdi. Ushbu dasturda qatnashgan boshqa hech qaysi sportchi bu koʻrsatkichga yaqin kela olmadi va Hamdamova Paralimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi.

Barcha muxlislarimizni navbatdagi gʻalaba bilan tabriklab qolamiz. Paralimpiyachilarimizni qoʻllab-quvvatlashda davom eting!

Text to speech