28 Avgust 2021 1588

Nozimaxon Qayumova delegatsiyamizga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi

Bir oz avval ayollar o‘rtasida para-yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tajribali sportchimiz 42.59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Nozimaxon Qayumova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Text to speech