28 Avgust 2021 1824

Bugungi muvaffaqiyatlarimizni bronza medali bilan boshladik

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kuniga ham start berildi. Ushbu kun dasturida hamyurtimiz Elbek Sultonov kunning birinchi xushxabarini keltirdi.

Para-yengil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Sultonov bronza medaliga sazovor boʻldi. Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15.94 metr natijasi yakunda shohsupaga koʻtarilishiga zamin yaratdi. Taʼkidlash joiz, bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija boʻldi. Gʻoliblik jahon rekordini oʻrnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17.04) nasib etgan boʻlsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16.53) kumush medalga ega chiqdi.

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari.
Erkaklar, yadro uloqtirish F12 toifasi

1. Kim Lopes (Ispaniya) – 17.04
2. Roman Danilyuk (Ukraina) – 16.53
3. Elbek Sultonov (Oʻzbekiston) – 15.94

Shu tariqa, delegatsiyamizning qoʻlga kiritgan medallari soni 1 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun ishtirok etadigan boshqa vakillarimizga ham chiroyli gʻalabalar tilab qolamiz.

Text to speech