27 Avgust 2021 1263

Para-suzuvchimiz toʻrtinchi natijani qayd etdi

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida vakillarimizning bugungi ishtiroki yakunlandi. Hozirgina Shohsanamxon Toshpoʻlatova 400 metrga suzish dasturida chiqish qildi.

Murosasiz kurashga boy boʻlgan chiqishda Shohsanamxon, afsuski, toʻrtinchi boʻlib marraga yetib keldi.

Qayd etish joiz, ushbu suzuvchimiz hali oldinda yana 3 dasturda omadini sinab koʻradi. Keyingi kun dasturlarida Toshpoʻlatovaga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Text to speech