27 Avgust 2021 1332

Tokio-2020 Paralimpiadasining dastlabki oltin medali muborak boʻlsin!

Delegatsiyamiz Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlaridagi dastlabki oltin medalini qoʻlga kiritdi. Sportchilarimiz orasida bu gal para-dzyudochimiz Oʻtkir Quronboyev birinchi boʻlib chempionlikni tantana qildi.

-66 kg vazn toifasida kurashayotgan polvonimiz oltin medal uchun kechgan bahsda ispaniyalik Serxio Ibanes bilan raqobatlashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda vakilimizning qoʻli baland kelib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ajoyib gʻalaba bilan sportchimiz va uning yaqinlari, Milliy Paralimpiya qoʻmitasini muborakbod etib qolamiz.

Text to speech