27 Avgust 2021 1955

Karim Toʻlaganovni tabriklaymiz!

Bugun Olimpiya oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan bokschimiz, Atlanta-1996 Olimpiadasi bronza medali sohibi Karim Toʻlaganov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Karim Toʻlaganov 1973-yilning 27-avgustida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Atlanta-1996 Olimpiadasidagi bronzadan tashqari Osiyo chempionati va Markaziy Osiyo oʻyinlarida ham bronza medallariga sazovor boʻlgan. Karim Toʻlaganov mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach Olimpiya oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan birinchi bokschimiz sifatida tarixdan joy olgan.

Koʻrsatgan natijalari uchun “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Bugungi kunda hakamlik faoliyati bilan ham shugʻullanmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Karim Toʻlaganovni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech