27 Avgust 2021 1732

Sherzod Namozov bronza medali uchun kurashadi

Para-dzyudochimiz Sherzod Namozov medallar uchun kurashni davom ettirmoqda. Hamyurtimiz bronza medali uchun oʻtish bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

Yadamdorj Suxbatarga qarshi bellashuvda Namozov ippon bahosi bilan gʻalaba qozondi. Shu tariqa -60 kg vazn toifasida kurashayotgan Rio-2016 chempioni bu gal bronza medaliga yaqin turibdi. Bu yoʻlda unga soʻnggi raqib ruminiyalik Aleks Bologa boʻladi.

Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadigan final blokining beshinchi bahsiga toʻgʻri keladi.

Text to speech