27 Avgust 2021 1234

Tokio-2020: Para-dzyudochimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Tokio shahrida oʻtkazilayotgan Paralimpiya oʻyinlarining bugungi kun dasturi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Bir oz avval dzyudochimiz Uchqun Quronboyev final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

-66 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimiz Yaponiya, Ukraina kabi mamlakat vakillarini magʻlub etib, final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Endi u oltin medal uchun ispaniyalik Serxio Ivanesga qarshi tatamiga chiqadi.

Shuningdek, bugungi dasturda -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov ham medal sari yurishini davom ettirmoqda. Chorak finalda imkoniyatni boy bergan Namozov endilikda bronza medali uchun oʻtish bosqichida qatnashadi. Bu yoʻlda unga dastlab moʻgʻilistonlik dzyudochi raqib boʻladi.

Boʻlajak bellashuvlarda para-dzyudochilarimizga omad tilaymiz!

Text to speech